OneID orqali ma'lumotlarni yangilashni qanday yoqish mumkin
1-qadam. MyGov ilovasida ro'yxatdan o'ting
- MyGov ilovasini oching va qidiruv satrida xizmat nomini kiriting — "mobile id".
- "Mobile-ID orqali jismoniy shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish" bandini tanlang va "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosing.
- Identifikatsiyadan o'ting: SMS orqali kelgan kodni tering va selfi suratga tushing.
- Ma'lumotlaringiz tasdiqlanishini kuting.
2-qadam. OneID mobile ilovasidan foydalanish uchun ruxsat bering
- Ilovaga MyGov ilovasidagi bilan bir xil telefon raqami orqali kiring.
- "Boshqaruv" bo'limini oching va "Servisni faollashtirish" tugmasini bosing.
- "Mobile-ID yordamida" variantini tanlang hamda telefon raqamingiz va SMS orqali kelgan kodni kiriting.
- Ilovani qayta yuklang.
- "Boshqaruv" bo'limida qidiruv satrida Uzum Bank deb yozing, uning ustiga bosing va "Ruxsat berish" tugmasini tanlang.
- Aynan shu bo'limda Solutions Lab (Uzum Nasiya) satrini toping hamda uning ustiga bosib, "Ruxsat berish" tugmasini tanlang.
Tayyor!
Endi bank xizmatlaridan doimo foydalanishingiz mumkin